avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
20.03.2026 14:05
Vivo X300 Ultra modelining kamuflyajsiz ilk jonli suratlari paydo bo‘ldi

Suratlarga qaraganda, smartfon ikki rangli orqa panelga, barcha tomonlari keskin qirrali korpusga hamda katta dumaloq kamera blokiga ega bo‘ladi.

Smartfon Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipseti, tasvirni qayta ishlash uchun qo‘shimcha VS1 va V3+ chiplar hamda 6600 mA/soat sig‘imli kremniy-uglerodli batareya bilan jihozlanadi.

Asosiy urg‘u — kameralarga:
• asosiy sensor — 200 MP (Sony LYT-901, 1/1.12”)
• periskop — 200 MP (Samsung ISOCELL HP0)
• ultra-keng burchakli — 50 MP (1/1.28”)

Kameralar an’anaviy tarzda ZEISS optikasi bilan jihozlanadi.

Vivo X300 Ultra taqdimoti 30-mart kuni Xitoyda bo‘lib o‘tadi — X300s va Pad 6 Pro bilan birga. Shuningdek, global versiyasi ham kutilmoqda.
🔥 37
16
🏆 6
💔 5
2
👍 2
7 9 5K

Обсуждение 7

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram