avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
19.03.2026 19:05
Samsung Galaxy S26 Ultra ekranlaridagi yorqinlik muammolarini tasdiqladi

Kompaniyaning ultraflagman ekranlari Privacy Display himoya qatlami sababli o‘tgan yilgi S25 Ultra modelidan “xiraroq” bo‘lib chiqqanini tan oldi.

Maksimal yorqinlikdagi farqni kompaniya “bilinmas” deb atasa-da, farq anti-shpion rejimi butunlay o‘chirilganida ham seziladi. Shu bilan birga, Privacy Display yoqilgach, tasvir kontrastligi ham pasayadi.

Begona nigohlardan himoya rejimi yangi S26 Ultra modelining deyarli yagona o‘ziga xos xususiyati edi, ammo ranglarni yetarlicha uzatmasligi sababli u asosiy kamchilikka aylangan. Reddit foydalanuvchilari Privacy Display yoqilgan holda uzoq vaqt telefon ishlatishda noqulaylik haqida ommaviy shikoyat qilmoqda.

Ekran bilan bog‘liq muammolardan tashqari, foydalanuvchilar Samsung’ni oldindan o‘rnatilgan keraksiz ilovalar uchun ham tanqid qilmoqda.
🔥 41
7
4
👍 3
😢 2
👏 1
🏆 1
18 19 5.1K

Обсуждение 18

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram