Insayd: Xiaomi 18 Pro modelida kameralar va batareya yaxshilanadi
6,3 dyuymli ekran bilan jihozlangan ixcham flagman kamida 7000 mA·soat sig‘imli batareya va 200 MP o‘lchamdagi ikkita kameraga ega bo‘ladi, — deya
xabar beradi insayder Digital Chat Station.
Xiaomi 17 Pro bilan solishtirganda yangilanish sezilarli bo’ladi: 17 Pro modelida batareya 6300 mA·soat, asosiy kamera va teleobyektiv sensorlari esa 50 MP. Bundan tashqari, 18 Pro 3D-ultratovushli barmoq izi skaneri va IP68/IP69 standartidagi chang va suvdan himoya bilan jihozlanadi.
Yarim yil oldin shu manba kameralar blokidagi qo‘shimcha ekran saqlanishi, lekin Xiaomi uni yaxshilashi va ko‘proq dasturiy funksiyalar hamda interaktiv elementlar qo‘shishi haqida yozgandi.
Обсуждение 2
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram