Samsung kompaniyasining mobil bo‘limi inqirozga qarshi rejimga o‘tkazildi
FN News
manbalariga ko‘ra, Samsung kompaniyasining mobil bo‘limi birinchi marta xotira chiplarining narxi oshishi sababli zarar ko‘rishi mumkin.
Barcha muammolarning asosiy sababi – operativ xotira bozoridagi inqiroz. Bir yil ichida chiplar narxi 850% dan ortiq oshgani, albatta, kompaniya foydasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Prognozlarga ko‘ra, bu yil Samsung kompaniysining mobil bo‘limining operatsion foydasi 60% dan ortiq kamayadi, shuning uchun endi Device Experience bo‘limi (smartfonlar, televizorlar va maishiy texnika) inqirozga qarshi rejimga o‘tkazildi.
Shu munosabat bilan Samsung barcha yo‘nalishlarda xarajatlarni 30% ga kamaytirishga qaror qildi.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, shunga o‘xshash vaziyat boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilarda ham yuzaga kelishi mumkin.
Обсуждение 8
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram