Samsung Galaxy Z TriFold sotuvlarini rasman to‘xtatdi
Yaqinda internetda Samsung Galaxy Z TriFold modelini sotuvga chiqqanidan atigi 3 oy o‘tib, kompaniya uning sotuvlarini to‘xtatayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
Endilikda esa kompaniya qurilma ishlab chiqarilishini to‘liq yakunladi va yetkazib beruvchilarga jo‘natishni ham to‘xtatdi.
Shu vaqt davomida smartfon cheklangan miqdorda sotilgan, talab esa kichik partiyalardan ancha yuqori bo‘lgani aytilmoqda.
Ba’zi ekspertlar fikricha, ushbu smartfon boshidanoq texnologik imkoniyatlarni namoyish etish uchun mo‘ljallangan tor yo‘nalishdagi qurilma sifatida yaratilgan. Biroq xotira bozori inqirozi uning ishlab chiqarilishini iqtisodiy jihatdan samarasiz qilib qo‘ygan.
🔥38
❤10
👌7
😢6
⚡2
👍2
5 12 4.8K
Обсуждение
5
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 5
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram