iOS va Mac uchun Xbox 360 o‘yinlarini ishga tushirish emulyatori paydo bo‘ldi
Internetda XeniOS’ning alfa-versiyasi paydo bo‘ldi — bu iPhone, iPad va Mac uchun Windows’dagi Xenia emulyatorining moslashtirilgan varianti.
Emulyator mualliflari ogohlantirishi bo’yicha, hozirgi bosqichda hamma o‘yinlar ham ishlamaydi, ishlayotgan o‘yinlarda esa ishlash samaradorligi bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin.
Masalan, Fallout 3 iPhone 17 Pro Max’da deyarli 30 FPS bilan ishlaydi, ammo Forza Horizon 2 va boshqa ko‘plab loyihalar 12–20 FPS atrofida ishlaydi.
Ilova hozircha App Store’da mavjud emas. Uni ishlab chiquvchilar
saytidan yuklab olib, keyin uchinchi tomon dasturlari yordamida o‘rnatish mumkin.
Ishga tushirish uchun iPhone 14 Pro yoki undan yangi qurilmalar talab qilinadi.
Обсуждение 14
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram