avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
17.03.2026 16:05
Apple AirPods Max 2 modelini taqdim etdi

Hech kim kutmagan edi, hech qanday ma’lumot oqimi bo‘lmagan, lekin Apple nihoyat o‘zining flagman quloqchinlarini xuddi AirPods Pro 2, AirPods Pro 3 va AirPods 4 modellaridagi kabi zamonaviy chip — H2 bilan yangiladi.

Apple sezilarli darajada yaxshilangan ovoz sifati, faol shovqinni kamaytirish tizimining 1,5 barobar samaraliroq ishlashi va yurak urishini o‘lchash funksiyasidan tashqari AirPods Pro 3 modelidagi barcha funksiyalarni va’da qilmoqda:

• Adaptiv audio
• Suhbatlarni aniqlash
• Real vaqt tarjimasi
• Ovoz izolyatsiyasi
• Kamerani masofadan boshqarish (koronka tugmasini bosish orqali)
• Baland tovushlarni bostirish
• Bosh harakatlari bilan boshqarish
• 24 bit / 48 kHz sifatida lossless audio qo‘llab-quvvatlashi, faqat Type-C kabel orqali

Dizayn o‘zgarmagan — AirPods Max (USB-C) versiyasiga nisbatan hatto ranglar yangilanmagan.

Narx ham avvalgidek — $549.

Buyurtmalar 25-martdan ochiladi, sotuvlar esa “keyingi oy boshida” boshlanadi.
👍 29
14
🔥 5
3
👌 1
3 6 5.6K

Обсуждение 3

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram