Apple Xitoy hukumati bosimi ostida App Store komissiyasini kamaytirishga rozi bo‘ldi
Endilikda Xitoyda ishlab chiquvchilardan ilovalarni sotib olish va donatlar uchun
30 % o‘rniga 25 % komissiya
olinadi. Shuningdek, obunalar bo‘yicha komissiya
15 % dan 12 % gacha kamaytiriladi.
Mini-ilovalar ichidagi komissiya ham, jumladan WeChat platformasida,
12 % gacha tushiriladi. Apple kompaniyasi bu qaror
“xitoylik regulyator bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng” qabul qilinganini ta’kidladi.
Fevral oyida Xitoy hukumati agar App Store siyosati o‘zgarmasa, Apple’ga nisbatan
antimonopoliya tekshiruvini boshlashi mumkinligini bildirgan edi. Bu kompaniya uchun katta xavf hisoblanadi, chunki oxirgi moliyaviy hisobot davrida
Xitoy bozori Apple’ning choraklik daromadining qariyb 40 % ini ta’minlagan.
Обсуждение 7
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram