Internetda Samsung Galaxy A37 va A57 modellarining rasmiy renderlari paydo bo’ldi
Samsung kameralar blokining dizayniga tegmagan. Yangi modellarni deyarli faqat ranglari orqali ajratish mumkin bo‘ladi.
Galaxy A57 to‘q ko‘k rangda taqdim etilgan bo‘lib, kameralar atrofida och ko‘k aksent mavjud. A37 esa biroz xira kulrang-yashil rangga ega. Tasvirlarni Android Headlines portali
qo‘lga kiritgan.
A57 — 4 nm texnologik jarayonda ishlab chiqarilgan sakkiz yadroli Exynos 1680 protsessoriga o‘tadi, A37 esa biroz kuchsizroq Exynos 1480 bilan cheklanadi. Shu bilan sezilarli o‘zgarishlar deyarli yakunlanadi.
Har ikkala smartfon ham avvalgidek 6,7 dyuymli AMOLED displeyga (120 Hz), 50/12/5 MP kameralar blokiga va 5000 mA·soat sig‘imli batareyaga ega bo‘ladi. Biroq 12/256 GB kabi yuqori konfiguratsiyalarni esdan chiqarsa ham bo’ladi — xotira inqirozi hech kimni ayamayapti.
Kutilishicha, Samsung ushbu ikki qurilmani yaqin haftalarda taqdim etadi.
Обсуждение 47
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram