Google Pixel 11 Pro Fold formati o‘zgarmaydi
Brendlar kvadrat shakldagi “Fold” smartfonlarini kengroq, ya’ni ko‘proq planshetga o‘xshash formatga o‘tkazayotgan bir paytda, Google odatiy formatdan voz kechmaydi. Bu haqda paydo bo’lgan CAD-fayllar asosida mashhur insayder Stivi MakFlay (
@OnLeaks) tomonidan yaratilgan Pixel 11 Pro Fold renderlari ma’lum qilmoqda.
Formatdan tashqari, bo’lajak model Pixel 10 Pro Fold dizaynini ham deyarli takrorlaydi. Shuning uchun agar siz uni sotib olsangiz, ko‘pchilik qo‘lingizda aynan qaysi model ekanini ham tushunmay qolishi mumkin.
Yagona vizual farq — kamera bloki. Endi u to‘liq kvadrat ko‘rinishda keskin chiqib turmaydi, balki korpusdan silliq tarzda chiqib turadi. Mikrofon va chaqnash chirog‘i endi “tabletka” shaklidagi modullardan biriga ko‘chirilgan, ular esa kamera blokidan biroz balandroq joylashgan. Korpus 10 Pro Fold ga qaraganda ingichkaroq bo‘ladi: buklangan holatda 0,7 mm ga (10,8 mm), ochilgan holatda esa 0,4 mm ga (5,2 mm).
Smartfonni avgust oyida kutish mumkin, ammo narxi hozircha noma’lum. Google Pixel 10 Pro Fold startda 1800 dollar turardi, yarim yildan so‘ng esa “juda katta talab fonida” uning narxi 1500 dollargacha tushirilgan. Ammo hozir xotira inqirozi bor, o‘zingiz ham tushunasiz, shuning uchun narx ehtimol oshadi. Samsung va Motorola kabi raqobatchilarning narxi bemalol 2000 dollardan oshib ketayotgan bo‘lsa, nega Google ham narxni oshirmasin?
Обсуждение 9
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram