avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
13.03.2026 22:20
Microsoft keyingi Xbox tafsilotlarini e’lon qildi

Microsoft GDC konferensiyasi doirasida Xbox Project Helix haqida ma’lumot berdi.

Gibrid konsol yangi AMD maxsus chipi bilan jihozlanadi va Xbox hamda PC o‘yinlarini qo‘llab-quvvatlaydi, bu umumiy ishlash tezligi va ray-tracing imkoniyatlarida sezilarli o‘sishni ta’minlaydi.

Konsol FSR Diamond apskeyleridan foydalanadi, u nafaqat tasvir sifatini yaxshilaydi va kadrlar yaratadi, balki AI yordamida teksturalarni siqish va renderlash imkoniyatlarini ham taqdim etadi.

Shuningdek, kompaniya Windows 11 uchun maxsus Xbox konsol rejimini e’lon qildi, u ROG Ally X portativ qurilmasida amalga oshiriladi. Uning chiqarilishi aprel oyida kutilmoqda.

Brendning 25 yilligi munosabati bilan orqaga moslik dasturi kengaytiriladi va klassik loyihalarda yangi o‘yin usullari joriy etiladi.

Project Helix devkit’larining birinchi versiyalari faqat 2027-yilda ishlab chiquvchilarga yetkaziladi. Shu bois, yangi Xbox’ning bozorda chiqishi 2027-yil oxiri yoki hatto 2028-yilga kechikishi mumkin.
🔥 22
👍 6
3
3
🤔 1
🏆 1
2 8 5.8K

Обсуждение 2

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram