Birinchi buklanadigan iPhone ochiq holatda iPad interfeysiga ega bo‘ladi
Apple iOS 27 ga
iPadOS bilan bir xil interfeys tartibini, jumladan
multiwindow rejimini qo‘shadi. Bu haqda
Bloomberg jurnalisti
Mark Gurman xabar berdi.
Yangi operatsion tizim xususiyatlari deyarli iPad mini ekraniga o‘xshash —
4:3 nisbatli va 7,8 dyuymli ichki ekranga ega bo’lishi kutilayotgan iPhone Fold uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Shu bilan birga, buklangan holatda
5,5 dyuymli tashqi ekran klassik iOS interfeysini ko‘rsatadi. Biroq, orol (Dynamic Island) kichik nuqtadan chiqadi, chunki
mish-mishlarga ko‘ra, buklanadigan iPhone
Face ID sensorisiz bo’ladi.
Обсуждение 6
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram