avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
13.03.2026 19:20
Insayder: OLED ekranga ega MacBook Pro savdo yulduzi bo‘ladi

MacBook Pro M6 Pro va M6 Max chiplariga ega bo‘lib, sensorli OLED ekran va yupqa korpus bilan ta’minlanadi. Bu haqda biz allaqachon bilamiz, lekin hozir yana bir nufuzli mutaxassis — Min-Chi Kuo o‘z prognozlari bilan bo‘lishdi.

Kuo ta’kidlashicha, “qosh” o’rniga “orol” keladi, flagman chiplar esa 2 nm texnologik jarayon asosida ishlab chiqariladi. Tahlilchining prognoziga ko‘ra, yetkazib berish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 20−25% o‘sadi va 2026-yilda 25 million birlikni tashkil qiladi.

Kuo fikricha, ushbu MacBook Apple’ni COVID davri oldidagi savdo ko‘rsatkichlariga qaytaradi va Windows noutbuklari bozori 10% ga pasaygan fonida kompaniyaning mavqeini kuchaytiradi. Shuningdek, MacBook Neo modelining past narxlari Apple’ga bozorni zabt etish imkonini beradi: raqobatchilar 2026-yilning ikkinchi yarmida noutbuk narxlarini oshirishga majbur bo‘lganda, Apple talabalarni arzon va yuqori samarali Neo bilan ta’minlaydi.
33
👍 9
7
😱 3
🔥 2
🏆 2
6 10 5.3K

Обсуждение 6

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram