Mish-mish: Dynamic Island kamida yana bir yil biz bilan qoladi
Avvalroq Apple iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max modellarida “orol” dizaynidan voz kechishi mumkinligi taxmin qilingan edi. Rejaga ko‘ra,
Face ID sensorlari ekran ostiga ko‘chirilishi, old kamera esa kichik kesmada qolishi kerak edi. Biroq ma’lum bo‘lishicha, bu innovatsiya hozircha kechiktirilgan.
Insayder Digital Chat Station
xabar berishicha, Apple iPhone 17 Pro modelidagi ayrim komponentlardan yana foydalanishga qaror qilgan. Shu sababli tashqi ko‘rinishdagi farqlar juda kichik bo‘ladi — jumladan, orqa tomondagi “plato” va old tomondagi “orol” ham saqlanib qoladi.
iPhone 18 Pro modelidagi asosiy yangiliklar qatoriga 2 nanometrli yangi
A20 Pro chipseti, kamerada
o‘zgaruvchan diafragma va
5000 mA·soatdan ortiq sig‘imli batareya kiradi.
Shunday qilib, ekran ostidagi
Face ID texnologiyasini ehtimol iPhone 19 Pro modelida yoki undan ham keyinroq ko‘rishimiz mumkin.
Обсуждение 14
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram