avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
13.03.2026 17:20
Mish-mish: Android smartfon ishlab chiqaruvchilari 90 Hz va “tomchi” ekran davriga qaytishi mumkin

Xotira bozoridagi davom etayotgan inqiroz sabab smartfon ishlab chiqaruvchilari unchalik mashhur bo‘lmagan qarorlarni qabul qilishga majbur bo‘lishi mumkin. Mashhur insayder Digital Chat Station ma’lumotiga ko‘ra, yaqin vaqt ichida byudjet va o‘rta segmentdagi Android smartfonlarida 90 Hz yangilanish tezligiga ega hamda “tomchi” shaklidagi kesimga ega ekranlar yana keng tarqalishi kutilmoqda.

Bu choralar majburiy hisoblanadi, chunki komponentlar narxi, ayniqsa operativ xotira (RAM) sezilarli darajada qimmatlashmoqda. Ishlab chiqaruvchilar barcha qo‘shimcha xarajatlarni to‘liq xaridorlar zimmasiga yuklay olmaydi — aks holda foydalanuvchilar boshqa qurilmalarga o‘tib ketishi mumkin. Shu sababli kompaniyalar texnologik jihatdan biroz ortga qaytishga majbur bo‘lishmoqda, go‘yoki o‘ziga xos “texnologik mezozoy” davriga qaytilayotgandek.
😁 79
9
👍 9
🤯 3
2
💔 2
👾 2
😱 1
😢 1
36 16 5.8K

Обсуждение 36

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram