TECNO brendi MWC 2026 ko‘rgazmasida yangi texnologiyalari bilan omma e’tiborini tortdi
Barselonada bo‘lib o‘tgan Mobile World Congress 2026 ko‘rgazmasida TECNO yangi qurilmalar va bir nechta innovatsion konseptlari bilan chiqish qildi.
Ko‘rgazmada koʻpchilikni lol qoldirgan qiziqarli konsept telefonlar taqdim etildi. Ular orasida qismlari xuddi Lego kabi ulanadigan modulli smartfon bor. 4,9 mm ingichkalikdagi bu smartfon magnit bilan ulash texnologiyasi asosida ishlaydi: foydalanuvchi qurilmaga turli modullarni osongina birlashtirib, undan foydalanishi mumkin.
Bundan tashqari, orqa panelida ionlashtirilgan inert gaz asosidagi neon yoritishga ega POVA Neon modeli omma e’tiborini tortdi.
Asosiy yangiliklardan yana biri CAMON 50 flagman seriyasi boʻldi. Bu smartfonlar 50MP Sony LYTIA 700C kamera, 144Hz AMOLED displey va 6500 mAh batareya bilan jihozlangan. CAMON 50 Ultra modeli esa 3X optik zumli 50MP teleobyektiv va 60X raqamli zumni qo‘llab-quvvatlaydi.
Kompaniya, shuningdek, qurilmaning o‘zida ishlaydigan TECNO AI sun’iy intellekt funksiyalarini ham namoyish etdi.
Yana bir yangilik: TECNO Tonino Lamborghini bilan hamkorlikni e’lon qilib, maxsus dizaynga ega bir nechta qurilmalarni ham ko‘rsatdi.
🔥25
❤9
👍6
⚡3
🏆1
12 13 6K
Обсуждение
12
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 12
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram