Mish-mish: Apple iPhone Fold dizaynining bir variantidan voz kechgan
Insayder Instant Digital ma’lumotiga ko‘ra, Apple dastlab buklanadigan iPhone’ning boshqa formatini ko‘rib chiqqan — Samsung Galaxy Z Flipga o‘xshash vertikal bukilish mexanizmi bilan. Ammo keyinchalik kompaniya bu variantdan voz kechgan.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Apple ichida bunday form-faktorni “zarur emas” deb hisoblashgan: u yangi foydalanish senariylarini deyarli qo‘shmaydi, asosiy afzalligi — buklangan holatda ixchamligi.
Shuningdek, kichik korpus va sharnirli konstruksiya ichki makonni sezilarli darajada cheklab qo‘yardi. Bu komponentlarni joylashtirishni murakkablashtiradi, batareya quvvatini kamaytiradi va kamera tizimida kompromislarga majbur qilardi.
Natijada Apple “kitobcha” formatidagi buklanadigan modelga to‘xtalgan — insayderlarga ko‘ra, aynan shu iPhone Fold chiqarishga tayyorlanmoqda.
Shu bilan birga, manbalar Apple kelajakda vertikal bukilishli model chiqarish imkoniyatini ham o‘rganayotganini ta’kidlaydi.
❤26
😁10
⚡6
❤🔥3
👍3
🤯3
🔥2
🏆2
8 9 6.7K
Обсуждение
8
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 8
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram