avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
11.03.2026 18:10
Adobe Photoshop’ga AI-assistent qo‘shdi, Firefly esa yangi generativ vositalar bilan yangilandi

Assistent hozircha beta holatida mavjud — u veb-versiya va mobil ilovalarda ishlaydi.

U matnli buyruqlar orqali ishlaydi. Oddiy til bilan fotosuratdan odamlar yoki obyektlarni o‘chirish, rang va yoritishni o‘zgartirish, tasvirni kesish, soyalarning kontrastini kuchaytirish yoki fonni almashtirishni so‘rash mumkin.

Shuningdek, AI Markup funksiyasi ham paydo bo‘ldi. Endi tasvir ustiga oddiygina strelka yoki obyekt chizish kifoya — sun’iy intellekt nimani nazarda tutganingizni tushunadi va sahnani o‘zgartiradi. Masalan, belgilangan predmetni o‘chiradi yoki yangisini qo‘shadi.

Shu bilan birga, Adobe Firefly media generatsiya xizmatini ham yangiladi. Unda quyidagi funksiyalar yangilandi:

Generative Fill — obyektlarni qo‘shish yoki almashtirish;
Generative Remove — obyektlarni o‘chirish;
Generative Expand — tasvirni kengaytirish;
Generative Upscale — tasvir aniqligini oshirish;
fonni bir bosishda olib tashlash.

Photoshop’ning pullik foydalanuvchilari 9-aprelgacha cheksiz miqdorda generatsiya yaratishlari mumkin. Bepul foydalanuvchilarga esa 20 ta generatsiya beriladi.

Shuningdek, Firefly’ga tasvir va video generatsiyasi uchun 25 dan ortiq uchinchi tomon modellari qo‘shildi — jumladan Google Nano Banana 2, OpenAI Image Generation, Runway Gen-4.5 va Black Forest Labs Flux.2 Pro.
👍 20
6
3
🔥 2
👏 1
🏆 1
1 9 5.5K

Обсуждение 1

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram