avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
11.03.2026 17:10
Google zaryadni tez tugatadigan ilovalarni belgilay boshladi

1-martdan boshlab, Google Play do‘konida ayrim ilovalarga smartfon zaryadini tezroq sarflashi haqida maxsus belgi qo‘yila boshlandi. Shu orqali Google dasturchilarni o‘z ilovalarini yanada yaxshi optimizatsiya qilishga undamoqchi.

Ilovalar bu belgini qanday oladi? Bunda wake lock deb ataladigan mexanizm muhim rol o‘ynaydi. Bu — qurilmani fon rejimida ishlashga majbur qiladigan buyruq. Masalan siz musiqa tinglayotganingizda yoki lokatsiya (geolokatsiya) xizmati ishlayotganida. Bularning barchasi aynan wake lock orqali ishlaydi.

Ammo barcha ilovalarga doimiy fon rejimi kerak emas. Agar dasturchi ilovani to‘g‘ri optimizatsiya qilmagan bo‘lsa, u zaryadni tezroq tugatishi mumkin.

Endilikda agar ilova bir oy davomida foydalanuvchi sessiyalarining 5% holatida wake lock’ni 2 soatgacha ushlab tursa, Google bunday ilovaga maxsus ogohlantiruvchi belgi qo‘yadi.
40
👍 17
8
🏆 1
3 14 6K

Обсуждение 3

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram