Modchi Linux tizimini PlayStation 5 konsoliga o‘rnatib, Grand Theft Auto V o’yinini “ray tracing” bilan ishga tushirdi
Ixlosmand Andy Nguyen PS5 uchun Linux tizimini port qildi va GTA 5 o’yinini 1440p ruxsatda 60 FPS bilan, nurlarni kuzatish texnologiyasi (ray tracing) yoqilgan holda ishga tushirishga muvaffaq bo‘ldi.
Muallifning aytishicha, bunday rejimda protsessor 3,2 GHz tezlikda ishlaydi, grafik protsessor esa 2,0 GHz tezlikda ishlaydi.
Chiplarni overclock qilish imkoniyati ham mavjud, biroq bu PlayStation 5 Slim konsolining tez qizib ketishiga olib keladi.
Shuningdek, u Grand Theft Auto: San Andreas o’yinini ham sinab ko‘rgan. Buning uchun PlayStation 3 emulyatorini o‘rnatgan va X tarmog‘ida postni bevosita PS5 orqali joylagan.
Eksployt faqat 1.xx — 2.xx versiyadagi proshivkalarda ishlaydi. Bunday tizimlar odatda dasturiy ta’minoti yangilanmagan ilk reviziyadagi PS5 konsollarida uchraydi.
👏22
👍4
❤3
⚡3
🤯2
🔥1
🏆1
3 11 6K
Обсуждение
3
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 3
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram