Internetda PlayStation 6 haqida yangi insaydlar paydo bo‘ldi — kod nomi Orion
Insayder Moore’s Law Is Dead PlayStation 6 haqida yangi tafsilotlar bilan bo‘lishdi. Uning aytishicha, Orion kod nomi ostidagi yangi avlod konsoli PS5 ga qaraganda bir necha baravar kuchli bo‘ladi.
Blogerning taxminiga ko‘ra, PS6 dagi rasterizatsiya unumdorligi PS5 bilan solishtirganda 2,5–3 baravar yuqori bo‘ladi, ray tracing esa 3–6 baravar tezroq ishlaydi. Natijada konsol ko‘plab o‘yinlarni 4K@120 fps rejimida, ray tracing bilan ishga tushira oladi.
Unumdorlikning bunday o‘sishi AMD RDNA 5 grafik arxitekturasiga o‘tish bilan bog‘liq. Konsol 52–54 ta hisoblash bloklari, 3,6 Ghz gacha tezlik va umumiy hisobda 34–40 TFLOPS unumdorlikka ega bo‘lishi kutilmoqda.
Moore’s Law Is Dead hali ham PS6 2027-yil oxirida taqdim etilib, sotuvga chiqariladi deb hisoblamoqda. Bu xotira bozoridagi inqiroz sabab chiqish muddati kechiktirilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramay aytilmoqda. Oxirgi marta insayder konsol haqida 2025-yil kuzida ma’lumot bergan edi.
Yana bir nufuzli manba — Tom Henderson — ilgari PS6 da disk yuritma saqlanib qolishi (PS5 dagi kabi ajraladigan) va konsol dizayni oldingi avlodga qaraganda soddaroq bo‘lishi haqida aytgan.
❤17
👍9
⚡5
🏆2
5 13 5.7K
Обсуждение
5
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 5
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram