Bloomberg: bo’lajak iMac yangi ranglarda chiqishi va 2026-yil oxirigacha taqdim etilishi kutilmoqda
8-mart kuni Bloomberg nashrining ishonchli insayderi Mark Gurman Apple kompaniyasi premium Ultra qurilmalar lineykasini tayyorlayotgani haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, jurnalist iMac haqidagi boshqa insayder ma’lumotini ham ulashdi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda iMac yangi ranglarda chiqadi.
Dizayn o‘zgarmaydi — Apple uni 2021-yilda taqdim etgan. Shundan beri kompaniya monoblok ranglarini faqat bir marta, 2024-yilda M4 chipli iMac chiqarishda o‘zgartirgan. O‘sha paytda kompyuter yetti rangda taqdim etilgan: ko‘k, binafsha, pushti, to‘q sariq, sariq, yashil va kumush.
Keyingi avlod iMac rang palitrasi o‘zgartiriladi, ammo Gurman batafsil ma’lumot bermadi.
Yangi iMac’ning taqdimoti 2026-yil oxiriga kutilmoqda — monoblok Apple M5 chipida chiqadi, bu chip allaqachon MacBook, iPad Pro va Vision Pro’da ishlatilmoqda, yoki M6 chipida — uning debyuti yilning ikkinchi yarmida bo‘lishi kutilmoqda.
🔥20
❤7
👍6
👏2
😱2
🏆2
⚡1
❤🔥1
8 7 6.1K
Обсуждение
8
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 8
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram