avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
07.03.2026 18:05
Omdia: Xiaomi 2025-yilda taqiladigan qurilmalar bozorida yetakchilikni qo‘lga kiritdi

Tadqiqot kompaniyasi Omdia 2025-yil yakunlari bo‘yicha hisobot e’lon qildi va Xiaomi 2020-yildan beri birinchi marta taqiladigan fitness qurilmalar bozorida yetakchilikni qaytarib olganini bildirdi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya bozorning 18% ini egallagan. Ikkinchi o‘rinni Apple Watch sotuvlari hisobiga 17% ulush bilan Apple egallagan. Uchinchi o‘rinni turli narx segmentlaridagi keng qurilma lineykasi tufayli 16% ulush bilan Huawei olgan. Qolgan yuqori o‘rinlarni Samsung (9%) va Garmin (5%) egallagan.

Shuni ta’kidlash joizki, Xiaomi natijalariga kompaniyaning subbrendlari — Redmi va Poco sotuvlari ham kiritilgan, Apple soatlarini esa Android qurilmalariga ulab bo‘lmaydi.
🔥 26
12
👍 5
1
😁 1
🏆 1
😎 1
9 11 6.9K

Обсуждение 9

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram