avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
07.03.2026 17:05
Samsung hozircha Edge va TriFold modellarini davom ettirishni rejalashtirmayapti

Bloomberg nashri Samsung kompaniyasining ishlab chiqish bo‘yicha rahbari Von-Jun Chxvey bilan suhbat uyushtirdi. Top-menejer kompaniyaning tajribaviy qurilmalari — Galaxy Edge va TriFold bo‘yicha rejalarini bayon qildi.

Muvaffaqiyatsiz bo‘lgan Galaxy S25 Edge haqida u modelning sotilishi kompaniyaning boshqa premium qurilmalariga nisbatan past bo‘lganligini va ushbu lineykani davom ettirish kafolatlanmaganligini aytgan. Yangi model yaratish masalasi hozircha “ko‘rib chiqilmoqda”.

Noyob TriFold haqida Chxvey kompaniya hali qurilmaning davomini yaratish bo‘yicha qaror qabul qilmaganini tushuntirdi — texnik jihatdan ishlab chiqish juda murakkab bo‘lgan.

Biroq u kompaniya kengaytirilgan buklanadigan smartfon chiqarishi mumkinligini ishora qildi — ehtimol, bu Wide Fold deb nomlangan model bo‘lib, mish-mishlarga ko‘ra, buklanadigan iPhone’ga raqobatchi sifatida taqdim etilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, top menejer so’zlariga ko’ra, Privacy Display funksiyasi aslida S25 Ultra modelida paydo bo‘lishi kerak bo’lgan, ammo uch yillik rivojlantirish jarayoni texnik murakkabliklar tufayli kechikkan. Kelajakda ushbu funksiya byudjetga mosroq modellarda ham paydo bo‘lishi mumkin.
27
👍 12
3
🔥 2
🏆 1
3 10 6.2K

Обсуждение 3

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram