avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
07.03.2026 16:05
Windows Central: MacBook Neo Microsoft’ni vahimaga solishi mumkin

Apple bilan raqobat qiluvchi lagerga mansub Windows Central tahririyati ham MacBook Neo haqida qiziqarli fikr bildirdi. Ularning ta’kidlashicha, MacBook Neo ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun kompyuterdan kerak bo‘ladigan deyarli barcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Bunday fikrni aynan Apple’ning raqiblaridan eshitish esa ancha kutilmagan hol.

Avvallari o‘rta narx segmentidagi noutbuklar bozorida foydalanuvchilarda katta tanlov yo‘q edi va ko‘pchilik majburan Windows asosidagi kompyuterlarni sotib olardi. Ammo MacBook Neo paydo bo‘lishi bilan bu vaziyat o‘zgarishi mumkin.

Apple yangi mahsulotni taqdim etish uchun juda to‘g‘ri vaqtni tanlagani aytilmoqda. Chunki hozirda Windows’ning obro‘si unchalik yuqori emas, va ko‘plab foydalanuvchilar hatto qo‘shimcha taxminan 100 dollar to‘lashga ham tayyor bo‘lib, yaxshiroq alternativaga o‘tishni o‘ylamoqda.

Bu fikrni tasdiqlash uchun Windows Central o‘z o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma ham o‘tkazdi:
“Windows noutbuk ishlab chiqaruvchilari yangi Mac tufayli xavotirlanishi kerakmi?”

Natija kutilganidek bo‘ldi — respondentlarning 82 % “ha” deb javob berdi.
😁 39
👏 11
7
👍 3
1
🏆 1
9 19 6.3K

Обсуждение 9

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram