avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
07.03.2026 15:05
X ijtimoiy tarmog‘i o‘z messenjerini sinovdan o‘tkazmoqda — X Chat

X kompaniyasi iOS uchun mo‘ljallangan yangi X Chat ilovasining yopiq sinovini boshladi. Bu X platformasidagi shaxsiy xabarlar tizimi asosida yaratilgan alohida messenjer hisoblanadi. Beta-versiya TestFlight orqali tarqatilmoqda.

Dastlab sinovdan o‘tkazish uchun taxminan 1000 nafar foydalanuvchiga kirish huquqi berildi, ammo barcha joylar atigi bir necha soat ichida band bo‘lib ketdi. Keyinchalik test ishtirokchilari soni 5000 nafargacha oshirildi.

Kompaniya vakillarining aytishicha, X Chat shaxsiy xabarlar tizimining yangilangan talqini bo‘lib, yozishmalar uchidan-uchigacha shifrlash (end-to-end encryption) bilan himoyalangan.

Biroq axborot xavfsizligi mutaxassislari avvalroq ogohlantirganidek, himoya darajasi boshqa shifrlangan messenjerlar, masalan Signal, bilan solishtirganda pastroq bo‘lishi mumkin.

Chatlar asosiy X ilovasi va uning veb-versiyasi bilan sinxron ishlaydi. Kelajakda esa verifikatsiya belgilarini qo‘shish va qo‘ng‘iroqlarni qo‘llab-quvvatlash ham rejalashtirilgan.

Dasturchilarning so‘zlariga ko‘ra, Android uchun versiya “juda yaqin vaqt ichida” paydo bo‘lishi kerak.
🔥 33
9
🤯 5
3
👍 2
🏆 1
8 9 6.1K

Обсуждение 8

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram