MacBook Neo Geekbench testlarida M1 chipli MacBook Air modelini ortda qoldirdi
Birinchi byudjet MacBook Neo Geekbench’ning bir yadroli testida 3429 ball to‘pladi. Bu natija MacBook Air (M4) darajasiga juda yaqin.
Ko‘p yadroli testda esa Neo 8770 ball, grafik testda esa 31 286 ball natija ko‘rsatdi.
$600 turadigan ushbu MacBook’ning unumdorligi deyarli iPhone 16 Pro bilan bir xil: ikkala qurilmada ham A18 Pro chipi ishlatiladi va ikkalasi ham passiv sovitish tizimi bilan ishlaydi.
Rasm tahrirlash va oddiy videomontaj kabi vazifalarda MacBook Neo muammosiz ishlashi kutilmoqda. Biroq 8 GB birlashtirilgan xotira limiti ba’zi foydalanuvchilar uchun cheklov bo‘lib qolishi mumkin.
Agar sizga haqiqiy kuchli noutbuk kerak bo‘lsa, yangi MacBook Pro (M5 Max) modeliga e’tibor qaratish tavsiya etiladi. U Geekbench’ning bir yadroli testida 4268 ball, ko‘p yadroli testida esa 29 233 ball natija ko‘rsatib, M4 Max chipli avvalgi modeldan CPU testida 15% tezroq ekanini namoyish qildi.
Har ikki yangi qurilma 11-martdan boshlab sotuvga chiqariladi.
⚡37
❤19
👍14
🤯2
🏆2
👏1
25 24 7.3K
Обсуждение
25
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 25
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram