avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
06.03.2026 16:10
Nothing Phone (4a) va (4a) Pro rasman taqdim etildi

Kompaniya o‘zining yangi o‘rta toifadagi smartfonlarini namoyish qildi. Texnik jihatdan qurilmalar deyarli bir xil — farqlar asosan protsessor va ekranlarda. Eng katta tafovut esa dizayn hamda glif tizimida.

Oddiy Phone (4a) modelida odatdagi LED gliflar o‘rniga Glyph Bar paydo bo‘lgan — kamera yonida joylashgan oltita kvadrat LED chiroqdan iborat yorug‘lik paneli.

Pro versiyasida esa flagman Phone (3) modelidagi kabi Glyph Matrix o‘rnatilgan, ammo undagi diodlar soni kamroq: 489 o‘rniga 137 ta. Bundan tashqari, Pro modelining kamera bloki ham ancha kattaroq.

Glif tizimi funksiyalari o‘zgarmagan: ular orqali bildirishnomalar, budilniklar, qo‘ng‘iroq animatsiyalari va turli jarayonlarning bajarilish jarayonini ko‘rsatish mumkin.

Xususiyatlari:

Displey: 6,78” 2720×1224 AMOLED, 120 Hz / 6,83” 2800×1260 AMOLED, 144 Hz;
Chipset: Snapdragon 7s Gen 4 / Snapdragon 7 Gen 4;
Kameralar: 50 MP + 8 MP ultra-keng burchakli (120°) + 50 MP telefoto (3,5x) + 32 MP old kamera;
Aloqa: 5G, NFC, Wi-Fi 6, Bluetooth 5.4;
Xotira: 8+128, 8+256, 12+256 GB;
Namlikdan himoya: IP64 / IP65;
Biometriya: ekranga o‘rnatilgan optik barmoq izi skaneri;
Batareya va quvvatlash: 5080 mA·soat, 50 Vt.

Narxi:

Nothing Phone (4a): €350 (taxminan $405) dan boshlanadi
Nothing Phone (4a) Pro: €480 dan (taxminan $555) boshlanadi

Oldindan buyurtmalar 13-mart kuni ochiladi. Smartfonlar esa 27-martdan boshlab sotuvga chiqariladi.
👍 23
7
4
🔥 2
🤯 2
🏆 1
16 6 5.2K

Обсуждение 16

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram