avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
05.03.2026 17:05
Fortnite butun dunyo bo‘ylab Google Play do’konlariga qaytadi

Google Epic Games bilan bir necha yillik nizodan so‘ng Google Play qoidalari va komissiya tizimida katta o‘zgarishlarni e’lon qildi. Bu Fortnite o’yinini ilovalar do‘koniga qaytarishga imkon beradi.

Endi dasturchilar o‘zlarining to‘lov tizimlaridan Google Play Billing bilan parallel ishlatishi va foydalanuvchilarni xarid qilish uchun o‘z saytlariga yo‘naltirishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, Google Android’da uchinchi tomon ilovalar do‘konlarini o‘rnatishni soddalashtiradi.

Bundan tashqari, kompaniya komissiyalarni kamaytiradi: AQSh, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyada Google Play Billing orqali to‘lov qilganda – 5%; o‘yin ichidagi xaridlar uchun – 15% dan 20% gacha; muntazam obunalar uchun – 10%. Yangilangan tizim ayrim mintaqalarda allaqachon iyun oyida joriy etila boshlaydi, butun dunyo bo‘yicha to‘liq ishga tushirish esa 2027-yil sentyabriga rejalashtirilgan.

Fortnite 2020-yilda Google Play do’konidan o‘chirilgan edi, chunki Epic Games o‘yinga Google tizimini chetlab o‘tadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lov funksiyasini qo‘shgan va bu kompaniyalar o‘rtasida sud jarayoniga sabab bo‘lgan. Nizo hal qilingandan so‘ng, o‘yin 2025-yil dekabrda faqat AQShda Google Play’ga qaytdi.
👍 32
10
🔥 3
1
👏 1
🏆 1
12 5.9K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram