avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
05.03.2026 16:05
Bloomberg: Sony PC uchun yakkaxon eksklyuziv o‘yinlarni chiqarishni to‘xtatadi

Bu haqda nashriyot rejalaridan xabardor manbalarga tayanib jurnalist Jeyson Shrayyer xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ghost of Yotei va kelajakdagi Saros eksheni faqat PlayStation 5 uchun eksklyuziv bo‘lib qoladi. Shu bilan birga, Marathon va Marvel Tokon kabi ko‘p o‘yinchili loyihalar avvalgidek nafaqat PS5, balki PC platformasida ham chiqariladi.

Shuningdek, bu cheklov Sony tomonidan nashr etiladigan uchinchi tomon studiyalari o‘yinlariga taalluqli bo‘lmaydi. Masalan, Death Stranding 2 va Kena: Scars of Kosmora ham PC uchun chiqarilishda davom etadi.

Strategiyani qayta ko‘rib chiqish sabablaridan biri sifatida ayrim PlayStation o‘yinlarining PC uchun sotuvlari kutilgan darajada bo‘lmagani ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari, kompaniya ichida PC relizlari konsol brendiga zarar yetkazishi va PlayStation 5 sotuvlarini kamaytirishi mumkinligidan ham xavotir bor.

Sony strategiyasiga bo’lajak Xbox avlodi ham ta’sir qilishi mumkin. Mish-mishlarga ko‘ra, yangi Xbox Windows asosida ishlaydi va PC o‘yinlarini ishga tushira oladi. Kompaniyada ularning yirik loyihalari raqobatchi konsolida ham ishlashi mumkin bo‘lgan vaziyatdan xavotir bor.

Manbalarga ko‘ra, bu strategiya kelajakda yana o‘zgarishi mumkin, ammo hozircha Sony rejasi aynan shunday.
17
👍 5
2
🔥 2
😢 2
🏆 1
4 10 5.6K

Обсуждение 4

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram