avatar
Temurbek Adhamov
@temurbek_adhamov
19.04.2026 21:15
Qayerdadir, otasiz yoki onasiz o'sayotgan bolalarni ko'rsam yurak bag'rim eziladi, istaymanki oilalarda ajrashuv bo'lmasin.

Alohida mavzuda shu bo'yicha suhbat qurdik, Ikrom Sharif va Shavkat Hasan akalardan Alloh rozi bo'lsin, bu suhbatdan o'zim ham ko'p-ko'p manfaat oldim.

Bu suhbatni ko'ring, toki oilalarda janjal bo'lmasin, ajrashuvlar kam bo'lsin, jamiyatda yetim bolalar kamaysin.

Ey oila egalari, qo’rg’oningizni asrang, eng qiyin holatda ham farzandlaringizni o’ylang, hissiyotda qaror qabul qilishga shoshilmang!

Hoy ayollar, oilangiz bu saodat maskani, boriga qanoat qiling, asosiysi juftingizni halol ishlab sizlarni ta’minlashi, oilangiz sirini hech va zinhor ko’chaga olib chiqmang, eng qiyin vaziyatda ham javobingizni so’rashga shoshilmang, muloqotdan qochmang, juftingiz bilan o’zaro suhbatlashing, muammoni yaxshilik bilan hal qilishga odatlaning!

Ey erkaklar, ey mas’ullar, juftingiz bu sharafingizdir, ayol kishi hissiyot egasi ekanligini unutmang, oilani saqlab qolish uchun eng avvalo biz mas’ulmiz, suhbat uchun doim ochiq bo’ling, ajrashishdan oldin sizdan yoshlari va tajribalari katta insonlar bilan suhbatlashing, taqdir bo’lib ajrashsangiz hech qachon farzandingizni tashlab qo’ymang, u sizning zurriyotingiz, vorisingiz, sharafingizdir!

Alloh taolodan so'raymanki, ushbu ko'rsatuv sabab qancha oila saqlab qolinsa, yetim bolalar kamaysa uning sababidan bizni savoblar bilan siylasin!

https://youtu.be/SIqQL9e9Ruw
YouTube
Ajrashish arafasidagi oilalar ko'rishi shart bo'lgan ko'rsatuv
Navbatdagi sonda eng dolzarb va og‘riqli mavzulardan biri — oilalardagi ajralish masalasiga bag‘ishlangan suhbat tayyorladik. Ko'rsatuv davomida Ikrom Sharif va Shavkat Hasan hayotiy tajribalari va amaliy tavsiyalar berib o'tishdi. Loyiha bilan hamkorlik qilish uchun murojaat qiling: 91 525 97 23 Spikerlar: Ikrom Sharif Shavkat Hasan Temurbek Adhamov Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling: Instagram: https://www.instagram.com/alohidamavzu Telegram: https://t.me/alohidamavzu Facebook: https://www.facebook.com/alohidamavzu TikTok: https://www.tiktok.com/@alohidamavzu Alohida mavzularni audio platformalarda tinglang: Spotify: https://open.spotify.com/show/0UAdB7jzTTpjixbfTcOkgs Yandex music: https://music.yandex.com/album/40153653 Apple podcasts: https://podcasts.apple.com/us/podcast/alohida-mavzu/id1868194884 "Alohida mavzuni" qo'llab-quvvatlang, loyihaga istalgan miqdorda o'z hissangizni qo'shing: https://tirikchilik.uz/alohidamavzu
🔥 52
27
👍 10
👏 4
🥰 2
🤩 1
10 56 4.4K

Обсуждение 10

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temurbek Adhamov

12.7K
Ish va shaxsiy hayotdagi tajribalarni o'rtoqlashaman
Открыть в Telegram