avatar
Temurbek Adhamov
Переслано от Alisher Sadullaev
20.04.2026 22:25
⚡️Bugun Prezidentimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qabul qilingan yangi Farmon va Qarordagi eng muhim tashabbuslar bilan tanishing:

1. 20 ming nafar yosh tadbirkor xorijning Garvard, Stenford, London biznes maktabi kabi nufuzli ta’lim muassasalari dasturlari asosida o‘qitiladi;

2. 1 000 nafar tadbirkorga 500 million so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi (6 oylik imtiyozli davr bilan);

3. Xorijiy tildan C1 darajadagi sertifikati bor yoshlar uchun tadbirkorlikni tashkil etishdagi davlat xizmatlari to‘lovlari 50 foizga arzonlashadi;

4. Xorijiy tildan kamida B2 sertifikati bor yoshlar uchun chet elga chiqish pasportini olish boji 50 foizga kamaytiriladi;

5. Har yili kamida 10 mingta yosh oila imtiyozli ipoteka asosida uy-joy bilan ta’minlanadi;

6. Oyiga 10 mingdan ortiq kitob sotadigan tadbirkorlarga 1 milliard so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi;

7. Chekka hududlarda til markazi ochgan va uni kengaytirmoqchi bo‘lgan yoshlarga 300 million so‘mgacha (730 BHM) foizsiz ssuda beriladi;

8.
“Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovi g‘oliblari bo‘lgan 100 nafar yosh xodim har yili alohida mukofotlanadi;

9. Yoshlarning volontyorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi;

10. “TOP-100 kitobxon” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar 10 million so‘m (25 BHM) miqdorida rag‘batlantiriladi;

11. Nodavlat ta’lim markazlarining eng yaxshi o‘qituvchilari xorijiy ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuboriladi;

12. “Yoshlar bilan bir kun” aksiyasi orqali har yili 10 ming nafar yosh davlat rahbarlari va mutasaddilari bilan bevosita tajriba almashadi;

13. Olis hududlardagi xususiy ta’lim markazlari uchun ijtimoiy soliq va daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilanadi (2031-yilgacha);

14. Har yili sentabr oyida “Yoshlik – hayotning baxtli va oltin davri” shiori ostida umummilliy yoshlar festivali o‘tkaziladi;

15. Xususiy ta’lim markazlariga o‘zlari ishlab chiqqan dasturlar asosida ta’lim berishga ruxsat etiladi;

16. Ijtimoiy faol yoshlar uchun davlat tashkilotlarida haq to‘lanadigan stajirovka tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

17. Har bir hududda kamida bittadan turizm, gastronomik va kitobxonlikka ixtisoslashgan “Yoshlar sayilgohi” ko‘chalari tashkil etiladi;

18. Davlat organlarida 3 yillik stajga ega yosh mutaxassislarning lavozimda ko‘tarilish ulushi 30 foizga oshiriladi;

19. Eng yaxshi yosh yozuvchi va shoirlar uchun “Ilg‘or ijodkor” Prezident mukofoti beriladi;

20. Mahalla va tuman darajasida yoshlar infratuzilmasi (kutubxona, sport obyekti, kinoteatr) bo‘yicha majburiy minimal standartlar joriy etiladi;

21. Tibbiy, ekologik, ta’lim va sport kabi yo‘nalishlarda kasbiy volontyorlik ixtisosliklari joriy etiladi;

22. Yosh tadbirkorlar uchun tijorat banklari orqali bepul biznes-rejalar tayyorlab beriladi;

23. Yosh oilalar uchun oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan maxsus hududiy forumlar tashkil etiladi;

24. Zamonaviy kasblarni o‘qib sertifikat olgan yoshlarning o‘qish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi;

25. Xalqaro va xorijda tan olinadigan kasbiy imtihon (sertifikat) tizimlarini joriy etish qo‘llab-quvvatlanadi;

26. Xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda 100 ming nafar yosh kelajak va zamonaviy kasblarga o‘qitiladi;

27. Mahallalarda yoshlar tashabbusi bilan amalga oshiriladigan ijtimoiy loyihalar soni 2 mingtaga yetkaziladi;

28. Milliy kibersport musobaqalari o‘tkazilib, unga 50 ming nafar yosh qamrab olinadi;

29. Yoshlarning ruhiy salomatligini himoya qilish uchun respublika bo‘ylab 24/7 ishlovchi bepul koll-markazlar tashkil etiladi;

30. Maktablarda eng quyi sinflardan boshlab kasbga yo‘naltiruvchi maxsus “Kasblar olami” dasturlari joriy etiladi;

31. Har ikki yilda 12-avgust – Xalqaro yoshlar kunida “Avlodlar muloqoti” xalqaro yoshlar kongressi o‘tkaziladi;

32. Elektron platformalar orqali har yili 600 ming nafar yoshning bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi.

@alisher_sadullaev
🏆 37
👍 15
🔥 14
5
👏 2
9 65 1.6K
avatar
Temurbek Adhamov
@temurbek_adhamov
20.04.2026 18:23
Instagramdagi* shu postimizdan so'ng juda ko'pchilik "Sun'iy intellektdan samarali foydalanish" bo'yicha onlayn kursga qiziqish bildirishdi.

Kursga qabul tez kunda ochiladi. Jamoa buning ustida ishlayapti )

Ungacha esa, shu post izohiga kursda nimalarni o'rganishni istashingiz haqida yozing 👇
46
🔥 14
👍 10
2 9 2.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Temurbek Adhamov
@temurbek_adhamov
19.04.2026 21:15
Qayerdadir, otasiz yoki onasiz o'sayotgan bolalarni ko'rsam yurak bag'rim eziladi, istaymanki oilalarda ajrashuv bo'lmasin.

Alohida mavzuda shu bo'yicha suhbat qurdik, Ikrom Sharif va Shavkat Hasan akalardan Alloh rozi bo'lsin, bu suhbatdan o'zim ham ko'p-ko'p manfaat oldim.

Bu suhbatni ko'ring, toki oilalarda janjal bo'lmasin, ajrashuvlar kam bo'lsin, jamiyatda yetim bolalar kamaysin.

Ey oila egalari, qo’rg’oningizni asrang, eng qiyin holatda ham farzandlaringizni o’ylang, hissiyotda qaror qabul qilishga shoshilmang!

Hoy ayollar, oilangiz bu saodat maskani, boriga qanoat qiling, asosiysi juftingizni halol ishlab sizlarni ta’minlashi, oilangiz sirini hech va zinhor ko’chaga olib chiqmang, eng qiyin vaziyatda ham javobingizni so’rashga shoshilmang, muloqotdan qochmang, juftingiz bilan o’zaro suhbatlashing, muammoni yaxshilik bilan hal qilishga odatlaning!

Ey erkaklar, ey mas’ullar, juftingiz bu sharafingizdir, ayol kishi hissiyot egasi ekanligini unutmang, oilani saqlab qolish uchun eng avvalo biz mas’ulmiz, suhbat uchun doim ochiq bo’ling, ajrashishdan oldin sizdan yoshlari va tajribalari katta insonlar bilan suhbatlashing, taqdir bo’lib ajrashsangiz hech qachon farzandingizni tashlab qo’ymang, u sizning zurriyotingiz, vorisingiz, sharafingizdir!

Alloh taolodan so'raymanki, ushbu ko'rsatuv sabab qancha oila saqlab qolinsa, yetim bolalar kamaysa uning sababidan bizni savoblar bilan siylasin!

https://youtu.be/SIqQL9e9Ruw
YouTube
Ajrashish arafasidagi oilalar ko'rishi shart bo'lgan ko'rsatuv
Navbatdagi sonda eng dolzarb va og‘riqli mavzulardan biri — oilalardagi ajralish masalasiga bag‘ishlangan suhbat tayyorladik. Ko'rsatuv davomida Ikrom Sharif va Shavkat Hasan hayotiy tajribalari va amaliy tavsiyalar berib o'tishdi. Loyiha bilan hamkorlik qilish uchun murojaat qiling: 91 525 97 23 Spikerlar: Ikrom Sharif Shavkat Hasan Temurbek Adhamov Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling: Instagram: https://www.instagram.com/alohidamavzu Telegram: https://t.me/alohidamavzu Facebook: https://www.facebook.com/alohidamavzu TikTok: https://www.tiktok.com/@alohidamavzu Alohida mavzularni audio platformalarda tinglang: Spotify: https://open.spotify.com/show/0UAdB7jzTTpjixbfTcOkgs Yandex music: https://music.yandex.com/album/40153653 Apple podcasts: https://podcasts.apple.com/us/podcast/alohida-mavzu/id1868194884 "Alohida mavzuni" qo'llab-quvvatlang, loyihaga istalgan miqdorda o'z hissangizni qo'shing: https://tirikchilik.uz/alohidamavzu
🔥 52
27
👍 10
👏 4
🥰 2
🤩 1
10 56 4.4K
avatar
Temurbek Adhamov
Переслано от канала
15.04.2026 23:58
Ular bilan bo'l. Chunki ular:

1. Xulosa qilishdan oldin doim ikkinchi tomonni eshitadilar;
2. Qarshi fikr eshitganda, balki nohaqdirman deb o'ylay oladilar;
3. Ehtimoliy nozik jihatlarni oldindan sahnalashtirib, tasavvur qila oladilar;
4. O'zlarini boshqa inson o'rniga qo'yib fikrlay oladilar;
5. Ko'zga oson ko'rinishiga qarab emas, potensial yetishiga qarab maqsadlar qo'yadilar;
6. Mas'uliyatidagi ishlarni doim birinchi bajaradilar;
7. Insonlar, jarayon va voqeliklardan tez insayt olishlari, tez qo'llashlari mumkin;
8. Qattiq qo'llik, hazil va jiddiylikni nozik me'yorini biladilar;
9. Muhit, vaziyat, holatni ayblamaydilar, moslashadilar;
10. Tanbehni ko'tara olishingizga qarab beradilar:
11. "Kichik" ishlarga "kichik" fokus qilmaydilar

#ular #1qism

Siz ular bilanmisiz?
77
🔥 21
👍 5
🏆 2
5 61 5.4K
avatar
Temurbek Adhamov
Переслано от Osmondagi bolalar
15.04.2026 17:01
"Osmondagi bolalar", "Alohida mavzu" loyihalari uchun SMM Manager izlayapmiz

Biz yuqoridagi loyihalarni, ularning maqsadlarini biladigan, tushunadigan Ijitomiy loyiha SMM ini yurita oladigan inson izlayapmiz.

Ushbu pozitsiya bo'yicha qo'yilgan minimal talablar:
- "Osmondagi bolalar" yoki "Alohida mavzu" loyihalarining doimiy kuzatuvchisi bo'lishingiz;
- Toshkent shahrida, to'liq kun davomida ishlay olishingiz;
- Kamida bitta chet tilini bilishingiz;
- Insonlar bilan muloqot ko'nikmangiz yaxshi bo'lishi kerak
;
- SMM bo'yicha kamida 1-3 yil tajribaga ega bo'lishingiz;
- Matnlar bilan yaxshi ishlay olishingiz


O'zingizni shu pozitsiyada ko'rasizmi? Unda quyida ma'lumotlaringizni qoldiring:

👉 https://form.jotform.com/261043639454054
🔥 17
10
👍 6
2 17 5.5K
avatar
Temurbek Adhamov
@temurbek_adhamov
15.04.2026 12:30
Farg'onadagi musobaqaga 3 kun qoldi )

Robbit akademiyasi "Typing (kompyuterda tez yozish) va Matematika" yo'nalishlari bo'yicha tashkillashtirayotgan musobaqa haqida eshitgan bo'lsangiz kerak.

9-14 yosh oralig'idagi yaqinlaringiz yoki farzandingiz bo'lsa, uning bilimlarini sinovdan o'tkazing va bir qancha imkoniyatlar, sovg'alar, pul mukofotlariga ega bo'ling.

👉🏻 Ro'yxatdan o'tish
👍 23
13
🔥 7
👏 5
3 10 5.6K
avatar
Temurbek Adhamov
@temurbek_adhamov
14.04.2026 14:24
Sun'iy intellektni mukammal o'rganish uchun mega grant e'lon qilamiz!

Najot Ta’lim
markazi IT Park Uzbekistan va Jahon Banki bilan hamkorlikda 300 nafar yoshlar uchun grant dasturini e'lon qiladi.

Unga ko'ra grant dasturida qizlar, maqsadi aniq bo'lgan yoshlar va imkoniyati cheklanganlar ishtirok etib, Sun'iy intellekt (ML) kursida 8 oy davomida to'liq grant asosida o'qishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu dastur 18–30 yosh oralig‘idagi yoshlarni raqamli kasblarga jalb qilish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil qilindi.


G'oliblar ushbu hududlarda ta'lim olishadi:
- Toshkent shahri — 120 ta;
- Qashqadaryo — 60 ta;
- Surxandaryo — 60 ta;
- Xorazm — 60 ta qilib belgilandi.

Grant g‘oliblari 3 bosqichda saralanadi, ariza topshirish, Ingliz tili va texnik bilimlar uchun test sinovi hamda suhbat bosqichi.

Batafsil nizom bilan tanishing

Ariza topshirganlar uchun 12 va 19- aprel sanalarida test sinovi o‘tkaziladi.

Eng ko'p beriladigan savollar ro'yxati

Joylar soni cheklangan. Hoziroq grant dasturi uchun ariza to’ldiring


emoji Grant uchun ariza

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 18-aprel soat 14:00ga qadar davom etadi.

🔥 najottalim.uz | Instagram* | WhatsApp
🔥 33
13
😢 4
👍 2
🏆 1
24 84 6.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Temurbek Adhamov
@temurbek_adhamov
12.04.2026 15:38
Qibraylik Maʼpura opa 2021-yildan beri og‘ir sinovlarni boshdan kechirmoqda.

2026-yil fevral oyida xayriya mablag‘i evaziga tizza sohasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan edi.

Afsuski, amaliyotdan keyingi tekshiruvlarda suyak to‘liq bitmagani maʼlum bo‘ldi.

Hozirda u yana davolanishi zarur va bu yo‘lda siz, yaxshilarning ko‘magiga muhtoj.

Bugun siz bergan kichik yordam bir inson uchun katta najot bo‘lishi mumkin.

Karta raqamlari:
8600 0610 7755 4755 — Rozixodjayeva Mapura;
5614 6816 2082 6382 — Rozixodjayeva Mapura.
50
👍 21
😢 7
🔥 1
3 15 5.6K
avatar
Temurbek Adhamov
@temurbek_adhamov
10.04.2026 20:02
68
🔥 33
👍 28
🤩 5
5 15 6.4K
avatar
Temurbek Adhamov
@temurbek_adhamov
10.04.2026 17:53
Yaqin akamiz Shavkat Hasan oila qurish arafasida turganlar uchun yangi loyiha boshlayotgan ekanlar.

Loyiha oʻziga munosib juft topa olmayotgan insonlar muammosini hal qilarkan.

Taqdimot 12-aprel kuni, quyidagi yopiq kanalda boʻladi:

👉 Obuna boʻlish

@temurbek_adhamov
🏆 23
👍 12
🔥 9
8
🤩 3
1 42 6.9K
avatar
Temurbek Adhamov
@temurbek_adhamov
10.04.2026 15:06
Sayohat qiling — u hayotingizni mazmunan boyitadi!

"Alohida mavzu"ning ushbu sonida sayohatning inson dunyoqarashiga ta’siri, turli davlatlardagi qiziqarli sarguzashtlar hamda safarlarni unumli tashkil qilish sirlari haqida qiziq suhbat bo'ldi.

Suhbat davomida siz:
• Sayohat qanday qilib vaqtni to‘xtatadi va inson umrini mazmunan boyitadi?
• Shaxsiy sayohat yoki tur agentlik: Qaysi holatda qaysi biri qulay va arzonroq?
• Nega o‘zbek sayohatchilari ko‘pincha Turkiya va Dubayni tanlashadi va muqobil variantlar bormi?
• Minus 50 daraja sovuqda yoki Afrikaning eng zich joylashgan orollarida hayot qanday kechadi?
• Shveytsariyani 1000$ atrofida sayohat qilish bo‘yicha ekspert maslahatlari.
• Safarda ideal sherik va lider qanday tanlanadi?
• Sayohat qilish uchun to'g'ri pul sarflash sirlari qanday kabi savollarga javob olasiz.


📌 Ushbu suhbatni tomosha qilib sayohat qilish haqidagi fikringiz tubdan o'zgaradi, albatta ko'ring: https://youtu.be/SeoBJwdLzok

@alohidamavzu
42
🔥 23
👍 7
👏 4
8 69 6.7K
avatar
Temurbek Adhamov
@temurbek_adhamov
09.04.2026 17:32
Farg'onalik yoshlar, bu musobaqani o'tkazib yubormang!

Robbit jamoasi 9-14 yoshli Farg'onalik yoshlar uchun "Matematika va Typing" yo'nalishlari bo'yicha musobaqa tashkillashtiryapti. Musobaqa qatnashuvchilariga ham g'oliblariga ham juda ko'p imkoniyatlar va mukofotlar belgilangan.

Ushbu musobaqa, 18-19-aprel kunlari Robbitning Farg'ona filialida bo'lib o'tadi. Batafsil ma'lumot olib, ro'yxatdan o'tib qo'yishni unutmang.

👉🏻 Ro’yxatdan o’tish
23
👍 13
🔥 9
👏 3
17 18 6.1K
avatar
Temurbek Adhamov
Переслано от Osmondagi bolalar
07.04.2026 15:40
So'ngi Imkoniyat!

Bizda joylar soni deyarli to'ldi, atigi 10 ta o'quvchi uchun qabul ochiq.

O'zbekistonning Top ekspertlaridan ta'lim olishga ulgurib qolish uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting:

http://osmondagibolalar.uz/
😢 39
23
🔥 12
🤩 4
🏆 4
👍 1
24 20 6.3K
avatar
Temurbek Adhamov
Переслано от Osmondagi bolalar
31.03.2026 21:11
"Osmondagi bolalar" mentorlik kursi ustozlari bilan tanishing!

Rivojlanishni istaysizmi? Biz siz uchun o'z sohasida yutuqlarga erishgan, tajribali va Ilmli ustozlarni bir joyda to'pladik. Shaxsiy rivojlanish uchun eng yaxshi mutaxassislar bilan yonma-yon o'sish imkoni — mana shu kursda!

📌 Hoziroq ro'yxatdan o'ting: http://osmondagibolalar.uz/
62
🔥 30
🤩 17
👍 8
👏 4
32 61 6.8K

Temurbek Adhamov

12.7K
Ish va shaxsiy hayotdagi tajribalarni o'rtoqlashaman
Открыть в Telegram