O‘zbekiston global suv tashabbusiga qo‘shildi.
2026-yil 15-aprel kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan Jahon banki guruhi bahorgi yig‘ilishlari doirasida
“Water Forward” global tashabbusi ishga tushirildi.
🌍 Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi —
2030-yilgacha 1 milliard aholining suv xavfsizligini ta’minlash.
O‘zbekiston ham yana
13 ta davlat bilan birgalikda ushbu muhim tashabbusga qo‘shildi. Tashabbus doirasida: ichimlik suvi va sanitariya xizmatlari yaxshilanadi, irrigatsiya tizimlari modernizatsiya qilinadi, qurg‘oqchilik va suv toshqinlariga chidamlilik oshiriladi, suv infratuzilmasi rivojlantiriladi.
🤝 Loyihalar xalqaro moliya institutlari, hukumatlar va xususiy sektor hamkorligida amalga oshiriladi. Jahon banki guruhi 2030-yilgacha
400 million inson uchun suv xavfsizligini ta’minlash majburiyatini oldi. Bu tashabbus aholi turmush darajasini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi.
Website| Telegram |
Instagram* |
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram