avatar
Suvchilar maktabi
@suvchilar_maktabi
06.04.2026 11:12
Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi

“Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-122-son, 02.04.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 maydan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida (Universitet) o‘qish quyidagi shakllarda tashkil etiladi:


dual ta’lim asosida 6 oy muddatga nazariy ta’limdan ajralgan va joyiga chiqqan holda tashkil etiladigan malakaviy amaliyot;

qolgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida yil davomida nazariy ta’lim bilan birga to‘liq uyg‘unlashtirilgan “4+2” shakldagi amaliyot.


2026 yil 1 maydan:


Universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari hududlarga biriktiriladi. Bunda yetakchi professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha ilmiy maslahatchisi hisoblanadi;

talabalarning sayyor darslari qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi tashkilotlar va hududlardagi “Suvchilar maktabi” bazasida tashkil etiladi.


Universitetda istiqbolli loyihalar ofisi (Loyiha ofisi) tashkil etiladi.

Website|Telegram | Instagram* | YouTube
4
👍 4
🔥 1
7 1.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Suvchilar maktabi

16K
🌍 suvchimaktabi.uz
✅ Fb.com/suvchilar.maktabi.uz
✅ Instagram*.com/suvchilar_maktabi
✅t.me/suvchilar_maktabi_bot
📞 1319
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram