Markaziy Osiyo suv falokati ostonasida: muzliklar shiddat bilan eriyapti
Muzliklar erishining tezlashishi Markaziy Osiyo mamlakatlarida jiddiy suv tanqisligiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Jahon meteorologiya tashkilotining (JMT) “2025-yildagi global iqlim holati” yillik hisobotida so‘z boradi.
JMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 gidrologik yili kuzatuvlar tarihidagi muzliklar uchun eng halokatli yillardan biri bo‘ldi. Muzliklar massasining yo‘qotilishi 1950-yildan beri qayd etilgan beshta eng yomon ko‘rsatkich qatoriga kirdi. Xususan, aksariyat rekord darajadagi salbiy qiymatlar 2016-yildan keyin qayd etilgan.
Bu jarayonlar, ayniqsa
Markaziy Osiyo uchun katta xavf tug‘dirmoqda.
Pomir, Tyan-Shan va Hindukush muzliklari mintaqaning eng yirik daryolari – Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va Panjni suv bilan ta’minlaydi.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va
Turkmanistonning suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi va ekotizimlari aynan shu daryolarga bog‘liq.
Website| Telegram |
Instagram* |
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram