avatar
Suvchilar maktabi
@suvchilar_maktabi
13.03.2026 13:37
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Sug‘orishda suv yo‘qotishlari kamaytiriladi

“Sug‘orishda suv yo‘qotishlarini kamaytirish va suv tanqisligining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–79-son, 05.03.2026-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, quyidagilar mazkur qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar etib belgilandi:

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi suv yo‘qotilishi yuqori bo‘lgan 389 km kanallarni rekonstruksiya qilish va betonlashtirish. Bunda:

yiliga o‘rtacha 206 mln metr kub suv resurslarini hamda 26 mln kilovatt soat elektr energiyasini iqtisod qilish;

sug‘oriladigan 158,4 ming gektar yerlarning suv taʼminotini yaxshilash;

suv tanqisligi sharoitida suv resurslaridan oqilona foydalanish choralarini ko‘rish.

✅ Sug‘orish tarmoqlarini taʼmirlash (betonlashtirish) ishlari birinchi navbatda, “bir kanal – bir tizim” tamoyili asosida avval betonlashtirilgan yoki betonlashtirish boshlangan kanallardan suv oluvchi tarmoqlarda amalga oshirilishi taʼminlanadi.

Website|Telegram | Instagram* | YouTube
👍 4
3
🔥 1
4 2.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Suvchilar maktabi

16K
🌍 suvchimaktabi.uz
✅ Fb.com/suvchilar.maktabi.uz
✅ Instagram*.com/suvchilar_maktabi
✅t.me/suvchilar_maktabi_bot
📞 1319
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram