🌱 Mart oyi: Nima ekamiz?
🎃 Qovoq: Sovuqqa sezgir. Oyning oxirgi 10 kunligida urug‘ini namlab, iliq joyda saqlab, keyin yerga ko‘chiring.
🍅 Pomidor: Erta pishar navlarini tanlang. Hudud iqlimi va navning pishish muddatiga e’tibor bering.
🍆 Baqlajon: Yorug‘sevar ekin. Uni oyning ikkinchi yarmida ekish maqsadga muvofiq.
🥬 Karam: Oy o‘rtalaridan boshlab eking. 2 oydan so‘ng ko‘chatlarni ochiq maydonga ko‘chirish mumkin bo‘ladi.
🧅 Ko‘k piyoz: Sovuqlar ortda qolgach, oy oxirida ochiq yerga qadaladi.
🌿 Ko‘katlar: Rayhon, yalpiz, arpabodiyon, selderey, ukrop, kashnich va rukollani oyning ikkinchi yarmidan boshlab ekavering.
🎋 Selderey: Urug‘i unib chiqishi uchun 14-18 kun talab etiladi, sabrli bo‘ling!
Mutaxassis maslahati: Ekish ishlarida har doim tuproq harorati va kutilayotgan ob-havo ma’lumotlarini tekshirishni unutmang.
Website|Telegram |
Instagram* |
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram