Qo‘shimcha qiymat zanjiri yaratish yo‘lida agrokompleks barpo etilmoqda
“Agrobank” ATB hamda “Uzun Agro Star” hamkorligida Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida anjir va xurmo yetishtirish hamda chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan zamonaviy agrokompleks barpo etilmoqda.
Loyiha doirasida muzlatkichli omborxona, saqlash quvvatlari, laboratoriya, tajriba maydonchalari hamda 50 gektarlik xurmo plantatsiyasi tashkil etilmoqda. Ayni paytda aholi tomorqalarida xurmo parvarishini kengaytirish maqsadida “Xonadon maktabi” yo‘lga qo‘yilib, mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar va nazariy seminarlar o‘tkazilmoqda.
Hozirda Yaponiya tajribasi asosida xurmoni quritish, mayiz ishlab chiqarish va xalqaro talablar asosida qayta ishlash jarayonlari amalga oshirilmoqda. Tayyor mahsulotning ilk qismi ichki bozorga yetkazib berildi. Kelgusida tashqi bozorlarga chiqish, qo‘shimcha qiymat yaratish zanjirini mukammal shakllantirish yuzasidan izchil chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Albatta, bu boradagi tashabbuslar yangi ish o‘rinlarini yaratish, eksport hajmini oshirish va aholi daromadlarini barqaror ko‘paytirishga xizmat qiladi.
Facebook* |
Instagram* |
Sayt
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram