avatar
Suvchilar maktabi
@suvchilar_maktabi
24.02.2026 10:44
Oʻzbekistonda sunʼiy yomgʻir yogʻdirish boʻyicha pilot loyiha ishlab chiqiladi

Shavkat Mirziyoyevning 2026-yilgi davlat dasturi toʻgʻrisidagi Farmoniga koʻra, Oʻzbekistonda sunʼiy yomgʻir yogʻdirish texnologiyasini joriy etish boʻyicha pilot loyiha ishlab chiqiladi. Uni amalga oshirishda Fransiya, Xitoy va Saudiya Arabistoni tajribasi asos qilib olinadi.

Loyiha ishga tushirilgach, yogʻingarchilik miqdori tabiiy fonga nisbatan 10−20 foizgacha oshishi mumkin. Loyiha 1-martdan boshlab ishlab chiqiladi.

504 ming gektar yer maydonida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilgan boʻlib, bu 5 mlrd kub metr suvni iqtisod qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, 1300 kilometr kanallar, sugʻorish tarmoqlari va boshqa irrigatsiya obyektlari oʻzanlarini betonlash hisobiga yiliga qoʻshimcha 500 million kub metr suv tejaladi. Xususan, 75,4 ming gektarda tomchilatib sugʻorish, 97 ming gektarda yomgʻirlatib sugʻorish va 26,2 ming gektarda diskret (pulsar) sugʻorish usullari joriy etiladi. Suvning maydon boʻylab tekis taqsimlanishini taʼminlash uchun 203 ming gektar yerda lazerli tekislash ishlari amalga oshiriladi.

Website|Telegram | Instagram* | YouTube
👍 4
👏 2
🔥 1
12 3.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Suvchilar maktabi

16K
🌍 suvchimaktabi.uz
✅ Fb.com/suvchilar.maktabi.uz
✅ Instagram*.com/suvchilar_maktabi
✅t.me/suvchilar_maktabi_bot
📞 1319
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram