O‘zbekiston–Turkiya: suv resurslarini boshqarishda strategik hamkorlik
So‘nggi yillarda suv resurslari tanqisligi global miqyosda dolzarb masalaga aylandi. O‘zbekistonda ushbu muammoni hal etish maqsadida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va sohada zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish davlat siyosati
darajasiga ko‘tarildi.
Mazkur yo‘nalishda Turkiya Respublikasi bilan yo‘lga qo‘yilgan amaliy hamkorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan,
“Akplast”, “Acar MAK-SAN”, “Ardent Plastik”, “Agro New Drip” kabi yetakchi kompaniyalar ishtirokida tomchilatib sug‘orish uskunalari, polietilen quvurlar, nasos va filtr tizimlari mahalliy sharoitda ishlab chiqarilmoqda.
“Suvchilar maktabi” doirasida Turkiyaning ilg‘or tajribasi asosida suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini loyihalash, joriy etish, boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
Agrobank loyiha doirasida moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlashni ta’minlab, bilim va innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etishda muhim rol o‘ynamoqda.
Mazkur hamkorlik suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirish hamda barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Website| Telegram |
Instagram* |
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram