avatar
Suvchilar maktabi
@suvchilar_maktabi
30.01.2026 09:48
🌍 Dunyo tobora chanqamoqda: suv iste’moli oshib, resurslar qisqarib bormoqda

BMT suv tanqisligi kuchayib borayotgan bir paytda suv resurslariga bo‘lgan talab ortib borayotgani haqida ogohlantirmoqda. Aquastat suv ma’lumotlari sharhiga ko‘ra, so‘nggi o‘n yil ichida jon boshiga to‘g‘ri keladigan qayta tiklanuvchi chuchuk suv hajmi 7 foizga kamaygan — ya’ni 5 326 kub metr (m³) dan 4 719 kub metr (m³) gacha qisqargan.

📉 So‘nggi 10 yilda jon boshiga to‘g‘ri keladigan chuchuk suv 7% ga kamaydi.
🌍 Dunyo bo‘yicha suv olishning 72% i qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi.
🏞 Suvning 70% i yer usti manbalaridan, 23% i yer osti suvlaridan olinadi.

🌵 Eng suv tanqis hududlar:
▪️ Shimoliy Afrika
▪️ Janubiy Osiyo
▪️ G‘arbiy Osiyo

Suv resurslari eng kam davlatlar:
🇰🇼 Quvayt
🇦🇪 BAA
🇶🇦 Qatar
🇾🇪 Yaman

Qishloq xo‘jaligiga eng ko‘p suv ajratadigan davlatlar:
▪️ Afg‘oniston, Nepal, Mali, Somali, Sudan — 95% gacha

Sug‘orish darajasi eng yuqori davlatlar:
🇧🇭 Bahrayn
🇪🇬 Misr
🇸🇦 Saudiya Arabistoni
🇸🇷 Surinam
🇺🇿 O‘zbekiston

Website| Telegram | Instagram* | YouTube
👍 7
1
🔥 1
9 3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Suvchilar maktabi

16K
🌍 suvchimaktabi.uz
✅ Fb.com/suvchilar.maktabi.uz
✅ Instagram*.com/suvchilar_maktabi
✅t.me/suvchilar_maktabi_bot
📞 1319
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram