avatar
Suvchilar maktabi
@suvchilar_maktabi
22.01.2026 11:17
O'zbekiston Respublikasi Suv kodeksi

95-modda. Suvni tejaydigan sugʻorish uslublari va texnologiyalarini qoʻllashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash

Qo‘llab-quvvatlashining asosiy yo‘nalishlari:

🌱Suvni tejaydigan sug‘orish uslublari va texnologiyalarini joriy etayotgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish;

Sug‘orish va vertikal drenaj quduqlari, nasos stansiyalari va nasoslar orqali sug‘oriladigan maydonlarda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish;

🔬Suvni tejash texnologiyalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni rag‘batlantirish, hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda yangi samarali tizimlarni yaratish;

📢 Suvni tejashning mavjud usullari, jumladan yuqori samarali sug‘orish texnologiyalari bo‘yicha xabardorlikni oshirish;

📐 Suvni tejaydigan sug‘orish uslublarini loyihalash, joriy etish va baholash mezonlarini ishlab chiqish, ekinlar va navlarning xususiyatlarini inobatga olgan holda;

🎓 Mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

🟢 Avtomatlashtirilgan lazerli tekislagichlar va yer osti yopiq sug‘orish tizimlarini (egiluvchan quvurlar asosida) keng joriy etish;

Sanoat va xo‘jalik-maishiy sohada suv aylanishining ilmiy asoslangan normalarini ishlab chiqish va tatbiq etish;

🛰 Suv resurslaridan foydalanish unumdorligini masofadan zondlash tizimlari orqali monitoring qilish va maqsadli yaxshilash;

Dalada suv yo‘qotilishini kamaytirish, suvdan noo‘rin foydalanishga qarshi kurashishga qaratilgan texnologik va tashkiliy chora-tadbirlarni joriy etish.

Website| Telegram | Instagram* | YouTube
👍 6
2
🔥 1
🙏 1
8 5.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Suvchilar maktabi

16K
🌍 suvchimaktabi.uz
✅ Fb.com/suvchilar.maktabi.uz
✅ Instagram*.com/suvchilar_maktabi
✅t.me/suvchilar_maktabi_bot
📞 1319
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram