Yomg'irlatib sug'orish tizimlari
Statsionar tipdagi yomg‘irlatish qurilmalari
Statsionar tipidagi yomg‘irlatgich qurilmalari bitta dalada muqim o‘rnatib qo‘yiladi, odatda ular mavsum davomida ko‘chirilmaydi.
Statsionar yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari yomg‘irlatgichlari uncha katta bo‘lmagan ekin dalalari sharoitida bir yillik ekinlar, sharoiti o‘zgarmaydigan dalalar sharoitida yoyib ekiladigan ekinlar, kichik maydonlardagi yashil gazonlar va boshqalarni sug‘orish uchun qo‘llaniladi.
Yomg‘irlatib sug‘orish tizimining tarkibiga kiruvchi hovuz-tindirgich, nasos qurilmasi, magistral va tarqatuvchi quvurlar, yomg‘irlatgich moslamalar statsionar yomg‘irlatish tizimining asosiy qismlari sanaladi.
Statsionar yomg‘irlatib sug‘orish tizimining tarkibiga tizim tarkibiga ulovchi va butlovchi qismlar ham kiradi.
Statsionar yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari yomg‘irlatgichlarning ishlashiga ko‘ra farqlanadi va ular:
suvni doimiy sepuvchi (statik);
suvni uzib-uzib sepuvchi (impulsli);
suvni aylanib sepuvchi (rotorli)
kabi turlarga bo‘linadi.
Statsionar yomg‘irlatib sug‘orish tizimining yomg‘irlatgichlari ekin turiga qarab tanlanadi.
Website| Telegram |
Instagram* |
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram