“Dunyoda suv tanqisligi muammosi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Shu bois, islohotlarimizning ilk kunlaridanoq suvdan oqilona foydalanishni davlat siyosati darajasiga olib chiqdik”,
– dedi Prezidentimiz.
Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish tadbirlariga 2026-yilda jami
3 trillion 300 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Shuningdek,
1 ming 300 kilometr yirik magistral kanallar beton bilan qoplanadi. Bu qo‘shimcha ravishda
yiliga 500 million kub metr suvni iqtisod qilish imkonini beradi.
Bundan tashqari, joylardagi
ochiq drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga o‘tkazish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinadi.
Kanallarni yopiq tizimga o‘tkazish bo‘yicha ham katta loyihalar boshlanadi.
Poytaxtimiz, viloyat markazlari va shaharlarda “yashil” hududlarni ko‘paytirish uchun
sug‘orish, drenaj tizimlarini qayta tiklash zarurligi ta’kidlandi.
Buning uchun
160 million dollarlik katta dastur doirasida
Toshkent shahrida 150 kilometr yopiq drenaj tizimi barpo etiladi,
197 kilometr kanal va kollektorlar ta’mirlanadi,
63 kilometr yangi kanallar barpo qilinib, shaharda
salqin mikroiqlim yaratiladi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram