avatar
Surxondaryo IIB | Rasmiy kanal
@sur22
сегодня, 16:29
Denov tumanidagi barcha banklar xodimlari ishtirokida kiberjinoyatlarning oldini olish, moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash hamda zamonaviy kibertahdidlardan himoyalanish bo‘yicha o‘quv-trening mashg‘uloti tashkil etildi.
 
Mashg‘ulot davomida bank xodimlariga internetdagi moliyaviy firibgarliklar, soxta investitsiya va treyding platformalari, fishing havolalari, shaxsiy ma’lumotlar hamda bank kartalariga oid maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, treyding sohasida uchraydigan turli xil firibgarlik sxemalarini aniqlash, shubhali havola va platformalardan foydalanmaslik hamda kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.

Website | Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Mover‌‌
1 2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Surxondaryo IIB | Rasmiy kanal

32.8K
Surxondaryo viloyati IIB Axborot Xizmati

Facebookdagi* manzili:
fb.com/SurxondaryoIIB
Web sahifa:
https://surviib.uz
Instagramdagi* manzil:
instagram*.com/SurxondaryoIIB
Youtube manzili:
https://www.youtube.com/cha
Murojaat telefon:
+998762220400
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram