Denov tumanidagi barcha banklar xodimlari ishtirokida kiberjinoyatlarning oldini olish, moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash hamda zamonaviy kibertahdidlardan himoyalanish bo‘yicha o‘quv-trening mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida bank xodimlariga internetdagi moliyaviy firibgarliklar, soxta investitsiya va treyding platformalari, fishing havolalari, shaxsiy ma’lumotlar hamda bank kartalariga oid maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, treyding sohasida uchraydigan turli xil firibgarlik sxemalarini aniqlash, shubhali havola va platformalardan foydalanmaslik hamda kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.
Website | Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Mover