#yoshlar_kuni
Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari hamda o`qituvchilari o‘rtasida “Kiberjinoyatlarning oldini olish” ga qaratilgan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
🔺Tadbirda yoshlarni virtual tahdidlardan himoyalash, firibgarlik holatlarining oldini olish hamda axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
🔺Targ‘ibot tadbiri davomida talabalar bilan amaliy suhbat o‘tkazilib, mobil qurilmalar va internetdan foydalanishda uchraydigan xavf-xatarlar haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
📹Tadbirda Surxondaryo viloyati IIB Axborot texnalogiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan yaratilgan “APK-qoʻriqchi” dasturi talabalarning telefoniga o`rnatilib telefondagi zararli dasturlardan himoya qilishi tushuntirildi.
Website | Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Mover
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram