Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy qismda barcha harbiy xizmatchilar ishtirokida 2026/2027 yangi oʻquv yilining birinchi oʻn kunligi doirasida “Vatanparvarlik modeli” asosida keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirga faxriylar, jamoat tashkilotlari vakillari hamda tajribali oʻqituvchi-mutaxassislar jalb etilib, ular tomonidan mazmunli maʼnaviy-maʼrifiy darslar, davra suhbatlari va targʻibot ishlari olib borildi.
Uchrashuvlar davomida faxriylar oʻz hayotiy tajribalari, Vatan himoyasi yoʻlidagi xizmatlari haqida soʻzlab berib, yosh harbiy xizmatchilarni mardlik, jasorat va sadoqat ruhida tarbiyalashga hissa qoʻshdilar. Oʻqituvchi-mutaxassislar esa zamonaviy bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan mashgʻulotlar oʻtkazdilar.
Mazkur tadbirlar harbiy xizmatchilarning maʼnaviy-ruhiy tayyorgarligini oshirish, ularning Vatanga boʻlgan sadoqatini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Website | Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Mover
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram