avatar
Sog‘liqni saqlash vazirligi
@ssvuz
07.08.2026 13:04
#Ona_suti



Ona sutining foydasi: Tadqiqotlarda tasdiqlangan 7 muhim fakt

1 — 7-avgust kunlari dunyoda Butunjahon ona suti bilan oziqlantirish haftaligi o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan uning bola va ona uchun foydasi isbotlangan ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirmoqchimiz.


Go‘dak betob bo‘lib qolsa, 24 soat ichida ona sutida aynan o‘sha virusga qarshi antitanalar konsentratsiyasi oshishi aniqlangan.

“The Lancet” tibbiy jurnalida yozilishicha, hayotining birinchi olti oyi davomida emizikli bolalarda pnevmoniya rivojlanish ehtimoli 52 foizga, ichak infeksiyalaridan aziyat chekish xavfi esa 38 foizga kamayadi. Bunday o‘g‘il-qizlar ikki yoshga to‘lganida, ularning kognitiv ko‘rsatkichlari tengdoshlarinikidan 15 foizga yuqori bo‘ladi.

“Journal of Pediatrics” jurnali tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, bolani ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash (hatto boshqa onalar bilan suhbatlashish orqali ham) emizish jarayonini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yishni 45 foizga oshiradi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, infeksiya darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda 1 yoshgacha ona suti bilan oziqlangan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida o‘lim holatlari 13 foizga qisqaradi.

Chunki sut tarkibidagi laktoferrin bolani bakteriyalar (masalan, ichak tayoqchasi)dan himoya qiladi. Makrofaglar (oq qon hujayralari) patogenlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri chaqaloqning ichaklarida yo‘q qiladi. Oligosaxaridlar esa sog‘lom mikroflorani shakllantiradi.

Hatto qisqa muddatli (1 oydan kam) emizish ham go‘daklarda to‘satdan o‘lim sindromi (GTO‘S) yuzaga kelish xavfini 24 foizga kamaytiradi (Amerika pediatriya akademiyasi tadqiqoti, 2024 yil).

Ko‘pchilik emizish faqat chaqaloq uchun foydali, deb o‘ylaydi. Ammo AQSHning Meyo klinikasida o‘tkazilgan tadqiqotlarda quyidagilar aniqlandi:


Ona chaqalog‘ini emizgan har bir yil davomida unda ko‘krak bezi saratoni rivojlanish xavfi 4,3 foizga ozayadi.

Olti oydan ortiq emizadigan ayollarda 2-toifa qandli diabet rivojlanish xavfi 32 foizga qisqaradi.

Oksitotsin tufayli emizikli onalarda tug‘uruqdan keyingi qon ketish ikki baravar tez to‘xtaydi. Chunki laktatsiya orqali gormonlar tabiiy ravishda yangidan tiklanib, organizm homiladorlikdan oldingi holatiga qaytadi.

  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site Telegram Fb
Instagram*
👍 11
🔥 2
119 11.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Sog‘liqni saqlash vazirligi

130.1K
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz

Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.

Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook*.com/ssvuz

Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 1003
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram