avatar
Sog‘liqni saqlash vazirligi
@ssvuz
08.08.2026 13:51
#Tibbiy_tavsiya



Gemofiliya irsiy kasallik bo‘lib, bemor organizmida qon ivishini ta’minlovchi omillar yetishmovchiligi natijasida qon to‘xtamaydi yoki juda sekin to‘xtaydi. Uning A, B, C turlari mavjud.

 
Xo‘sh, nega bu xastalik asosan o‘g‘il bolalarda uchraydi?

Uning asosiy belgilari qaysilar?

Bemorlarning ota-onalariga qanday tavsiyalar bor?

👩🏻‍⚕️ Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokori Diyora Husanova ushbu savollarga batafsil javob berdi.

  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site Telegram Fb
Instagram*
👍 10
🔥 3
17 6.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Sog‘liqni saqlash vazirligi
@ssvuz
08.08.2026 09:01
#Raqamlashtirish


Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan IT-operatorlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.


Xo‘sh, uch kunlik o‘quvlarda ishtirokchilar nimalarni o‘rgandi?

Seminar qanday natijalar bilan yakunlandi?

SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz.
 
 SSV Matbuot xizmati.

————
#Цифровизация


Министерство здравоохранения организовало обучающий семинар для IT-операторов.


Что же узнали участники за три дня обучения?

Каковы результаты семинара?

Ответы на эти вопросы — в нашем видеосюжете.

Пресс-служба Минздрава.

🌐 Web-site Telegram Fb
Instagram*
🔥 3
👍 2
26 6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Sog‘liqni saqlash vazirligi
@ssvuz
08.08.2026 04:57
👍 4
🔥 1
11 6.3K
avatar
Sog‘liqni saqlash vazirligi
@ssvuz
07.08.2026 13:04
#Ona_suti



Ona sutining foydasi: Tadqiqotlarda tasdiqlangan 7 muhim fakt

1 — 7-avgust kunlari dunyoda Butunjahon ona suti bilan oziqlantirish haftaligi o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan uning bola va ona uchun foydasi isbotlangan ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirmoqchimiz.


Go‘dak betob bo‘lib qolsa, 24 soat ichida ona sutida aynan o‘sha virusga qarshi antitanalar konsentratsiyasi oshishi aniqlangan.

“The Lancet” tibbiy jurnalida yozilishicha, hayotining birinchi olti oyi davomida emizikli bolalarda pnevmoniya rivojlanish ehtimoli 52 foizga, ichak infeksiyalaridan aziyat chekish xavfi esa 38 foizga kamayadi. Bunday o‘g‘il-qizlar ikki yoshga to‘lganida, ularning kognitiv ko‘rsatkichlari tengdoshlarinikidan 15 foizga yuqori bo‘ladi.

“Journal of Pediatrics” jurnali tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, bolani ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash (hatto boshqa onalar bilan suhbatlashish orqali ham) emizish jarayonini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yishni 45 foizga oshiradi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, infeksiya darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda 1 yoshgacha ona suti bilan oziqlangan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida o‘lim holatlari 13 foizga qisqaradi.

Chunki sut tarkibidagi laktoferrin bolani bakteriyalar (masalan, ichak tayoqchasi)dan himoya qiladi. Makrofaglar (oq qon hujayralari) patogenlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri chaqaloqning ichaklarida yo‘q qiladi. Oligosaxaridlar esa sog‘lom mikroflorani shakllantiradi.

Hatto qisqa muddatli (1 oydan kam) emizish ham go‘daklarda to‘satdan o‘lim sindromi (GTO‘S) yuzaga kelish xavfini 24 foizga kamaytiradi (Amerika pediatriya akademiyasi tadqiqoti, 2024 yil).

Ko‘pchilik emizish faqat chaqaloq uchun foydali, deb o‘ylaydi. Ammo AQSHning Meyo klinikasida o‘tkazilgan tadqiqotlarda quyidagilar aniqlandi:


Ona chaqalog‘ini emizgan har bir yil davomida unda ko‘krak bezi saratoni rivojlanish xavfi 4,3 foizga ozayadi.

Olti oydan ortiq emizadigan ayollarda 2-toifa qandli diabet rivojlanish xavfi 32 foizga qisqaradi.

Oksitotsin tufayli emizikli onalarda tug‘uruqdan keyingi qon ketish ikki baravar tez to‘xtaydi. Chunki laktatsiya orqali gormonlar tabiiy ravishda yangidan tiklanib, organizm homiladorlikdan oldingi holatiga qaytadi.

  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site Telegram Fb
Instagram*
👍 11
🔥 2
119 11.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Sog‘liqni saqlash vazirligi
@ssvuz
07.08.2026 10:52
#Raqamli_tibbiyot



❓Shifokor qabuliga onlayn yozilish tartibi qanday?


Bugun yurtdoshlarimiz shifokor qabuliga kirish uchun uning eshigi oldida soatlab navbat kutishi shart emas. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali bu jarayonni masofadan turib amalga oshirish mumkin. Ya’ni shifokor qabuliga onlayn yozilish imkoniyati yaratilgan.


Xo‘sh, tizimdan qanday foydalaniladi?

Qabul vaqti qay tartibda belgilanadi?

Interektiv xizmatning afzalligi nimada?

SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali bu savollarga to‘liq javob topasiz.

  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site Telegram Fb
Instagram*
👍 8
🔥 8
🤩 3
50 9.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Sog‘liqni saqlash vazirligi
@ssvuz
07.08.2026 06:33
#Ixtisoslashgan_markazlarda



Davlatimiz rahbarining 2025-yil 19-maydagi tegishli qarori ijrosi doirasida Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida keng ko‘lamli yangilanishlar kuzatilmoqda.

 
O‘tgan davrda nimalar qilindi va qanday natijalarga erishildi?

Qaysi turdagi transplantatsiya amaliyotlari yo‘lga qo‘yildi?

Bemor bolalarning tuzalish ko‘rsatkichlari yaxshilandimi?
 
SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob olasiz.
 
  SSV Matbuot xizmati.
__________

Согласно соответствующему постановлению главы нашего государства от 19 мая 2025 года в Научно-практическом медицинском центре детской гематологии, онкологии и иммунологии проводятся масштабные работы.


Что было сделано за прошедший период и каких результатов удалось достичь?

Какие виды операций по трансплантации были выполнены?

Улучшились ли показатели выздоровления больных детей?

Ответы на эти вопросы — в нашем видеосюжете.

  Пресс-служба Минздрава.

🌐 Web-site Telegram Fb
Instagram*
👍 10
🔥 2
7 6.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Sog‘liqni saqlash vazirligi
@ssvuz
07.08.2026 04:34
#Tibbiy_tavsiya



Leykoz — xavfli onkologik kasalliklardan biri. Xalq tilida oqqon deb ataluvchi bu xastalik bolalar orasida ham uchraydi.

 
Xo‘sh, leykoz qanday rivojlanadi?

Uning asosiy belgilari nimalardan iborat?

Oqqon muolajasida qaysi usullar samarali hisoblanadi?

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokori Hasanboy Safayev ushbu savollarga batafsil javob berdi.

  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site Telegram Fb
Instagram*
👍 7
🔥 2
🤩 1
35 7.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Sog‘liqni saqlash vazirligi
@ssvuz
06.08.2026 10:55
#Salomatlik_marafoni


 
Sirdaryo viloyatida boshlangan “Salomatlik marafoni” hududdagi har bir tibbiyot muassasasida qizg‘in davom ettirilmoqda.

 
Bunga Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot  markazi hududiy filiali faoliyati bilan tanishish chog‘ida ham guvoh bo‘ldik.
 
Bu yerda xotin-qizlar qanday tekshiruvlardan o‘tkazilyapti?

Erta tug‘ilgan chaqaloqlar sog‘ligini tiklash uchun nimalar qilinmoqda?

Xodimlar bilimlarini boyitish choralari ham ko‘rilyaptimi?
 
SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz.
 
 SSV Matbuot xizmati.
________

Начавшийся в Сырдарьинской области «Марафон здоровья» активно продолжается во всех медицинских учреждениях региона.


Мы убедились в этом, ознакомившись с деятельностью регионального отделения Республиканского специализированного научно-практического медицинского центра здоровья матери и ребенка.

Какие обследования проходят здесь женщины?

Что делается для восстановления здоровья недоношенных детей?

Принимаются ли меры по повышению квалификации сотрудников?

Ответы на эти вопросы — в нашем видеосюжете.

Пресс-служба Минздрава.

🌐 Web-site Telegram Fb
Instagram*
👍 11
🤩 4
🔥 2
7 7.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Sog‘liqni saqlash vazirligi
@ssvuz
06.08.2026 09:34
👍 12
🤩 5
🔥 4
24 8K
avatar
Sog‘liqni saqlash vazirligi
@ssvuz
06.08.2026 07:52
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Shadiyeva Shirin Alisherovna Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

Shadiyeva Shirin Alisherovna mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi direktorining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

🌐 Web-site Telegram Fb
Instagram*
👍 13
🔥 3
🤩 1
56 8.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Sog‘liqni saqlash vazirligi
@ssvuz
06.08.2026 03:55


Rejali gemodializ muolajasini oluvchi bemorlar diqqatiga:

Sog‘liqni saqlash vazirligi rejali gemodializ muolajasini oluvchi bemorlarning tibbiyot muassasasiga borib-kelishi bilan bog‘liq yo‘l xarajatlarini davlat budjeti hisobidan qoplashning yangi mexanizmini joriy etish taklifi bilan chiqmoqda.


Unga ko‘ra, bemorlar gemodializ muolajasiga o‘zlari uchun qulay transport (taksi, shaxsiy avtomobil yoki boshqa transport) vositasida borib-kelishi hamda sarflangan yo‘l xarajatlarini belgilangan tartibda qoplab berish imkoniyati yaratiladi.

Ushbu mexanizm bemorlarga vaqt va mablag‘ini tejash, transport vositasini mustaqil tanlash imkonini beradi.

Bu tashabbusni amalga oshirishdan oldin bemorlarning fikr va mulohazalarini o‘rganish biz uchun muhim. Shu maqsadda so‘rovnoma tashkil etildi.

📅 U joriy yilning 15 avgustiga qadar davom etadi.

Quyidagi havola orqali so‘rovnomada ishtirok etib, o‘z fikr va takliflaringizni bildirishingizni so‘raymiz:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSf_9yKyzKdL0nT9VAOxaO6zLJY4-lCL-aFQMWlqKiPFXGRSOA/viewform

  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site Telegram Fb
Instagram*
👍 16
🔥 7
🤩 1
120 11.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Sog‘liqni saqlash vazirligi

130.1K
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz

Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.

Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook*.com/ssvuz

Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 1003
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram